Huawei 1
Surxondaryoda 51 tup noyob daraxtlar noqonuniy kesib tashlangani holati sudda ko'rib chiqiladi

Ijtimoiy tarmoqlarda Boysun tumanining betakror tabiati tabiat kushandalari qo‘lida qolib, yuzlab yuz yoshli daraxtlar kesib ketilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasida Surxondaryo viloyati Tabiat resurslari boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

Ma'lum qilinishicha, bosqarmaga 2022-yil 30-noyabr kuni Boysun tuman “Yuqori Machay” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro M.Safaraliyevadan murojaat kelib tushgan.

Murojaat yuzasidan2022-yil 1-dekabrda Boysun davlat o‘rmon xo‘jaligining  murojaatda ko‘rsatilgan hududlari  o‘rganib chiqilgan.  

O‘rganishlar davomida Boysun davlat o‘rmon xo‘jaligi "Machay" o‘rmon bo‘limi xodimlarining xizmat vakolatiga sovuqqonlik bilan yondashishi, yuklatilgan mas’uliyatni suiste’mol qilishgan. Natijada "Machay" o‘rmon bo‘limining 5-aylanma 17-kvartalining “Yetimtol” va “Almali” massivlarida mavjud bo‘lgan “Zarafshon ” archa, “Shumtol”, “Uchqad” , “Zarang” jami 51 tup noyob daraxtlar noqonuniy tag qismi bilan kesib tashlanganligi aniqlangan.Bu bilan O‘zbekiston Respublikasi “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuning 37-moddasi talablari buzilib, 560 mln so‘m  miqdordagi  o‘simlik dunyosiga zarar  yetkazilgan. 

Ushbu holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar huquqiy baho berish uchun ish Prokuraturaga o‘tkazilgan. Hozirda tergov harakatlari yakuniga yetkazilib, ish materiallari Boysun tuman Jinoyat ishlari bo‘yicha sudi tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 71611 | Инструменты