Huawei 2
Surxondaryoda kuzatilgan kuchli sel oqibatida 360 bosh qo‘y nobud bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda bir gala qo‘ylar jasadini yuk mashinasidan chuqurlikka to‘kib ketilayotgani bo‘yicha xabar e’lon qilindi. Surxondaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 29-30-aprel, 1-may kunlarida yog‘ingarchilikning ko‘p bo‘lishi oqibatida Sherobod tumanining Bog‘iobod mahallasi hududiga kuchli sel kelgan.

Oqibatda mahalladagi qishloqqa adirlikdan kelgan kuchli sel qo‘radagi 360 bosh qo‘yni nobud qilgan.

Murojaatda ko‘rsatilgan hududda hozirda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Sanitariya-epidemiologiya boshqarmasi tomonidan vaziyat nazoratga olinib, nobud bo‘lgan qo‘ylardan har xil kasalliklar tarqamasligi uchun ular dezinfeksiya qilib ko‘milgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga