Huawei 1
“Suzuk ota” jome masjidining birinchi g‘ishti qo‘yildi

Bugun Shayxontohur tumanidagi “Suzuk ota” jome masjidining birinchi g‘ishti qo‘yildi. Bu mustaqillikning 26 yillik bayrami arafasida o‘zbekistonliklarga ajoyib tuhfa bo‘ldi.

Shu yilning 26 may kuni Shavkat Mirziyoyev “Suzuk ota” maqbarasi hamda jome masjidiga tashrif buyurganida maqbara va masjidni rekonstruksiya qilish, atrofini obodonlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan edi.

Tarixchi olim Asqar Obidovning bergan ma’lumotiga ko‘ra, Suzuk otaning asl ismi Mustafoqul bo‘lib, 1140 yilda tavallud topgan. U Ahmad Yassaviyning qizi Gavhari Hushtojning kenja o‘g‘li hisoblanadi. Bolalik chog‘ida bobosi Suzuk otani erkalab “Mening suzigim (suyukligim), xush keldingiz!”, degani bois shu ism bo‘lib qolgan. Suzuk ota yuzlab shogirdlarga ilm berib, hunar-u halol mehnatga o‘rgatgan. U 1217 yilda vafot etgan. 1391 yilda esa Amir Temur Yassaviyning nabirasi Suzuk ota qabri ustida maqbara va masjid bunyod ettirgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62009 | Инструменты