Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassalari agentligi tizimida tabiiy fanlar yo‘nalishida Abu Ali ibn Sino nomidagi tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan maktabning filiallari tashkil etiladi.
O‘quvchilar 7-sinfdan qabul qilinadi, bunda o‘quvchilar soni 24 nafardan oshmasligi nazorat qilinadi.
Filiallarda o‘quvchilarga turar joy va bepul sog‘lom ovqatlanish imkoniyati yaratiladi.
Rahbar va o‘qituvchilar qat’iy tanlov asosida ishga qabul qilinadi.
Bu maktablar tabiiy fanlarni chuqur o‘rgatish, iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilishga xizmat qiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 90917 | Инструменты