2024 yil davomida Toshkentdagi oliy taʼlim muassasalarining 335 nafar talablari jinoyat sodir etishgan. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar xabar qildi.
Shulardan 179 nafari davlat, 140 nafari nodavlat, 16 nafari esa xorijiy OTMlarda tahsil olayotganlar bo‘lgan.
Mazkur davrda talabalari eng ko‘p jinoyatlarni sodir etayotgan OTMlar ro‘yxati quyidagilar:
Toshkent davlat transport universiteti 27 nafar;
Texnika universiteti 21 nafar;
Milliy universitet 20 nafar;
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 19 nafar;
Yuridik universitet 12 nafar.
Nodvalat oliygohlar esa:
ISFT 23 nafar;
Alfraganus 21 nafar;
Kimyo xalqaro universiteti 20 nafar.
Talabalar tomonidan eng ko‘p YTH (72 ta), o‘g‘rilik (57 ta), giyohvandlik (46 ta), tan jarohati (41 ta), bezorilik (24 ta), bosqinchilik (11 ta), qotillik (5 ta), nomusga tegish (2 ta) jinoyatlari sodir etilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50600 | Инструменты