Huawei 2
Taniqli dublyaj ustasi Sanjar Sa’dullayev vafot etdi

Bugun, 4 dekabr kuni o‘zbek dublyaj san’ati og‘ir judollik uchradi. Taniqli dublyaj aktyori, sohir ovoz sohibi Sanjar Sa’dullayev 67 yoshida vafot etdi. 

Marhumning janozasi bugun, 4 dekabr kuni «Minor» masjidida peshin namozi vaqtida o‘qiladi.

Sanjar Sa’dullayev 1954 yil 10 iyul kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. Toshkent Davlat teatr va san’at institutining drama va kino bo‘limini tugatgan.

U ijodiy faoliyati davomida yuzlab kino, hujjatli film va seriallarga ovoz bergan.

Uzreport.news tahririyati marhumning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga