Huawei 2
Taniqli yozuvchi Sobir O‘nar 58 yoshida vafot etdi

Bugun, 18-dekabr kuni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, iste’dodli yozuvchi Sobir O‘nar 58 yoshida vafot etdi.

Sobir O‘nar 1964-yil 25-fevralda Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanidagi Kuvkalla qishlog‘ida tug‘ilgan. 1986-yilda ToshDUning jurnalistika fakultetini tamomlagan.

Sobir O‘narning ilk hikoyasi — «Kunsuluvning xatlari». Shundan so‘ng yozuvchining «Orzuga to‘la qishloq» (1989), «Ovloq adirlar bag‘rida» (1990), «Chashma» (1991) hikoyalar to‘plamlari nashr etilgan. Qoraqalpoq adibi X.Tojimurodovning «Ov hangomalari» (1990) hamda turk yozuvchisi Bakir Yulduzning «Karbalo fojiasi» qissasini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.

UzReport axborot agentligi marhumning yaqinlari hamda oila aʼzolariga chuqur ta'ziya va hamdardlik bildiradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga