Huawei 1
“Taraqqiyot strategiyasi” markazida AQSh sud-huquq sohasi professorlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

27 sentyabrda “Taraqqiyot strategiyasi” markazida AQShdagi Boston kollejining Huquq maktabi hamda Vermont Universiteti professorlari ishtirokida amaliy sessiya o‘tkazildi. Unda O‘zbekistonning sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan mutaxassislarning fikrlari tinglanib, chet el tajribasini qo‘llash bo‘yicha takliflari ko‘rib chiqildi.

AQShning sud-huquq sohasi mutaxassislari  mazkur  tadbirga qadar Toshkent Davlat Yuridik universitetida 3 kunlik seminar o‘tkazib, Amerika tajribasi bilan o‘rtoqlashgan edilar. Oliy ta’lim muassasalari va ijtimoiy tashkilotlar vakillari uchun tashkil etilgan  bugungi uchrashuvda  esa  amalda o‘zini oqlagan xalqaro tajribalarni  O‘zbekiston sud-huquq  tizimiga joriy etish  yuzasidan  fikr mulohazalar bildirildi.

Boston kolleji huquq maktabi professori Kristin MakEvoy: O‘zbekistonga uchinchi bor tashrif buyurishim. Bu safar Toshkent davlat yuridik universitetida 3 kunlik seminar o‘tkazdik. Talabalar bilan suhbat jarayonida ularning tirishqoqligi hamda tanqidiy mulohaza yuritishi bizni quvontirdi. Ular bilan ishlash maroqli bo‘ldi. AQShda amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘liq ma’lumot bera oldik deb o‘ylaymiz.  Shu bilan birga O‘zbekiston tajribasi bilan tanishib, o‘zimizda ham amalga oshirish lozim bo‘lgan islohotlar haqida bosh qotirdik. Yurtingizda sud-huquq sohasiga malakali kadrlarni tayyorlash bo‘yicha Boston kollejida joriy etgan tajribamizni taklif etamiz. Unga ko‘ra talabalarning amaliyot davri sud jarayonlarida o‘tkaziladi.

Shuningdek, tadbirda dunyoning rivojlangan davlatlarida yuristlarning kasbiy mahorati va madaniyatini oshirish e’tibor markazida ekanligi ta’kidlandi. O‘zbekistonda  sud- huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohatlar esa o‘z o‘rnida oldinga qo‘yilgan navbatdagi qadam sifatida qayd etildi. Chet ellik mutaxassislar hamkorlikni kengaytirib, O‘zbekiston universitetlarida shu kabi seminarlarni har yili  muntazam  o‘tkazishni taklif qilishdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 71710 | Инструменты