Huawei 1
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi 25 iyun kuni tashkil etiladigan charter reyslar haqida ma'lumot berdi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati ertaga, 25 iyun kuni tashkil etiladigan charter reyslar haqida ma'lumot berdi.

Toshkent – Moskva – Toshkent

Toshkent – Nyu-York


Parvozga konsullik muassasalari tomonidan fuqarolar ro'yxatga olinadi hamda Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga taqdim etiladi va ushbu ro'yxat asosida fuqarolar samolyot bortiga kiritiladi.

Ro'yxatga birinchi navbatda bemor fuqarolar, yosh bolali va homilador ayollar hamda bekor qilingan doimiy aviaqatnovlarga chipta xarid qilgan fuqarolar qo'yiladi.

Chiptalarni fuqarolar parvozdan 4 soat oldin xorijiy mamlakatlarning xalqaro aeroportlaridagi Uzbekistan Airways aviakompaniyasining kassalaridan olishlari mumkin bo'ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60301 | Инструменты