Huawei 1
“Temurbeklar maktabi”ga endi ayollar ham qabul qilinadi

Prezident qarori bilan ayrim qarorlarga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritildi.

Unga ko'ra:

- 2024/2025-o'quv yilidan Milliy gvardiya Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga ayol jinsidagi O'zbekiston fuqarolarini qabul qilish imkoniyati yaratiladi;

- Milliy gvardiya Qo'riqlash bosh boshqarmasi Bolalar psixologiyasi markazi ishchi va xizmatchilarining lavozim maoshlari oshiriladi.

Shuningdek, Milliy gvardiya bo'linmalari va harbiy qismlarining obyektlariga quyosh fotoelektr stansiyalari va quyosh suv isitish qurilmalari bosqichma-bosqich o'rnatiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110712 | Инструменты