2017 yil 25 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati o‘n birinchi yalpi majlisi ikkinchi ish kunida Senatorlar Toshkent viloyati To‘ytepa shahri nomini o‘zgartirish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqdilar. Senatorlar tomonidan To‘ytepa shahri nomini Nurafshon shahri nomiga o‘zgartirish bir ovozdan ma’qullandi. Ma’lumot o‘rnida, oliy Majlis Senati o‘n birinchi yalpi majlisining birinchi ish kunida To‘ytepa shahri Toshkent viloyatining ma’muriy markazi etib belgilanishi to‘g‘risidagi taklif ma’qullangan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51710 | Инструменты