Tojikiston qishloq xo‘jaligi vazirligi bayonotiga ko‘ra, mamlakat aholisining mol va qo‘y go‘shtiga ehtiyoji oshishi ortidan go‘sht narxi ko‘tarilib ketgani haqida xabar berilgan edi.
Mas’ullarning ta’kidlashicha, aholi 99,9 foiz go‘sht bilan ta’minlanmoqda, lekin uning narxi tushmayotganining sababi bozor talabining oshishi va xorijdan keltirayotgan ozuqa importidir.
Ayni vaqtda Tojikiston poytaxti Dushanbening ayrim bozorlarida bir kilogramm mol go‘shtining narxi 80-82 somonidan — 95-97 ming so‘mdan sotilmoqda. Qo‘y va echki go‘shti esa 85 somoni — 101 ming so‘mgacha yetgan.
Holbuki ilgari mamlakatda mol go‘shtining o‘rtacha narxi 71 somoni — 84 ming so‘m, qo‘y go‘shti 75 somoni — 89 ming so‘m, faqat Panjikent va Xo‘jandda 80 somonidan — 95 ming so‘mdan yuqori bo‘lgan. Eng past narx Xorogda qayd etilib, 1 kilogramm go‘sht 64 somonini — 76 ming so‘mni tashkil etgan.
Hozir Tojikiston go‘sht eksport va import to‘xtatib qo‘ygan.
Qo‘shni mamlakatda go‘sht narxining oshishi O‘zbekistondagi go‘sht narxiga qanchalik ta’sir qiladi?
Mazkur savol yuzasidan Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot xizmati “Daryo”ga javob berdi.
Qo‘mita taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, O‘zbekiston Tojikistondan go‘sht sotib olmaydi va kuzatilayotgan holat mamlakat ichki bozoriga hech qanday ta’sir o‘tkazmaydi.Alpha version: 0.9.1.19 build 103013 | Инструменты