Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Urganch filiali Urganch davlat universitetiga qo'shib yuboriladi

“Al-Xorazmiy universitetini tashkil etish hamda axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida” gi prezident qarori (PQ-160-son, 30.04.2025-y.) qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, 2025/2026-o'quv yilidan Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Urganch filiali Urganch davlat universitetiga qo'shib yuboriladi.

Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Urganch filialida tahsil olayotgan barcha talabalar o'qishini 2025/2026-o'quv yilidan Urganch davlat universitetining mos bakalavriat ta'lim yo'nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida davom ettiradi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Urganch filiali Al-Xorazmiy majmuasi hududida tashkil etiladi.

Ixtisoslashtirilgan maktabda o'quv jarayoni 7 yillik dastur asosida STEM modeli bo'yicha tashkil etiladi. Bunda:

- dastlabki 5 yilda ustuvorlik o'quvchilarda fizika, matematika, informatika va ingliz tili bo'yicha fundamental bilimlarni shakllantirishga, keyingi 2 yilda esa muhandislikka boshlang'ich tayyorgarlikni ta'minlashga qaratiladi;

- o'quvchilar tanlovi umumiy o'rta ta'lim tashkilotlarining matematika va informatika fanlari bo'yicha qobiliyati bor 4-sinf bitiruvchilari orasidan amalga oshiriladi.

Ixtisoslashtirilgan maktabga Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab rahbari, xodimlari va o'quvchilari uchun  belgilangan tashkiliy, akademik va moliyaviy shart-sharoitlar tatbiq etiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22505 | Инструменты