Toshkent jamoat transporti bosqichma-bosqich to‘liq “yashil transport” tizimiga o‘tkaziladi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
“Toshshahartransxizmat” AJ avtobus saroyi filiallarida 2 017 dona harakat tarkibi mavjud bo‘lib, shundan 672 donasi dizel yoqilg‘isida (33 foiz), 1 020 donasi tabiiy gaz yoqilg‘isida (50 foiz), 324 donasi elektr energiyasida (17 foiz) harakatlanadi.
2022–2023-yillarda sotib olingan avtobuslarning 58,7 foizi siqilgan tabiiy gazda, 21,4 foiz foizi elektr energiyasida harakatlanadi.
Natijada, harakat tarkibining o‘zidan chiqadigan zararli moddalar miqdori 2022-yilda 5,1 ming tonnani, 2023-yilda 4,8 ming tonnani tashkil etilishiga erishildi.
2024–2030-yillarda qo‘shimcha 1 200 dona elektrobus xarid qilish va avtobuslarni tabiiy gaz yoqilg‘isiga o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
2024-yilda harakat tarkibini 200 dona elektrobus bilan yangilash orqali zararli moddalar miqdorini yillik 4,6 ming tonnagacha kamayishiga erishish rejalashtirilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 62510 | Инструменты