Huawei 1
Toshkent markazida Huawei Experience Store ochildi

2024-yil 6-may Toshkentdagi kompaniya binosida Huawei rasmiy do‘konining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Yangi Huawei Experience Store – bu Huawei ning aqlli qurilmalari va mobil xizmatlarining yaxlit tajribasini taqdim etishga mo‘ljallangan iste’molchilarga yo‘naltirilgan do’kon. Ochilish kuni marosim mehmonlari kompaniyaning yangi mahsulotlarini sinab ko‘rishlari, “1+1” aksiyasi bo‘yicha mahsulotlar xarid qilishlari va ko‘ngilochar dasturda ishtirok etishlari mumkin edi.

2024-yil 6-may Huawei kompaniyasi binosida “Huawei Experience Store”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Do‘kon kompaniyaning O‘zbekistondagi yangilangan ko‘rgazma zalining bir qismiga aylandi, unda aqlli qurilmalar va texnologiyalar odamlarning kundalik hayotida qanday o’zgarishlar kiritishiga qaratilgan taqdimot bo’lib o’tdi. Marosimga Huawei kompaniyasining iste’mol segmenti ekotizimi bo’yicha hamkorlar taklif etildi.

Tadbir boshlanishidan oldin mehmonlarga O‘zbekiston foydalanuvchilari uchun yangi mahsulotlar – HUAWEI Freeclip quloqchinlari va ob’ektivning yuqori unumdorligi bilan ajralib turuvchi, HUAWEI SuperCharge Turbo 2.0 tez zaryadlash va AOD (Always On Screen Display) texnologiyasini qo'llab-quvvatlaydigan OLED displeyiga ega HUAWEI nova 12 seriyasi smartfonlarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ushbu qurilmalar allaqachon do'konda sotuvga qo’yilgan. Taqdimot davomida bozorni HUAWEI Pura 70 seriyasining flagman modellari bilan yanada to‘ldirish rejalari ham ma’lum qilindi.

“Huawei O‘zbekistonda 25 yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda. Mahalliy aloqa operatorlari bilan birgalikda mamlakatning AKT infratuzilmasini mustahkamlash bo‘yicha loyihalarni amalga oshirmoqdamiz, davlat sektori va sanoat hamkorlari bilan birgalikda iqtisodiyotning turli sohalarini raqamlashtirish ustida ishlayapmiz va innovatsion qurilmalarni taqdim etish orqali har bir insonning hayotini barcha mumkin bo'lgan dastur ssenariylarida, yani, uyda, ofisda, ta'tilda, interaktiv qilish. Toshkent markazida do‘kon ochilishi “Raqamli O‘zbekiston”ni barpo etish yo‘lidagi navbatdagi qadam bo‘ldi”, — dedi Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi bosh direktori Chen Szyakay.

Huawei Experience Store har bir turdagi foydalanuvchi uchun noutbukdan smartfongacha bo‘lgan eng so‘nggi texnologiyalarni, shuningdek, Huawei kompaniyasining integratsiyalangan mahsulotlar ekotizimini tashkil etuvchi keng turdagi aksessuarlar va taqiladigan qurilmalarni (aqlli soatlar, quloqchinlar va boshqalar) taklif etadi. Ochilish kuni barcha tashrif buyuruvchilar eksklyuziv “1+1” taklifidan foydalanishlari mumkin bo’ldi: bitta mahsulotni (HUAWEI P60 seriyasi smartfoni, HUAWEI Freeclip quloqchinlari, HUAWEI Watch D soatlari) xarid qilib, ikkinchisini sovg‘a sifatida olishdi.

Huawei Experience Store Afrosiyob 28/14, Huawei binosi, B blokida joylashgan. Do‘kon eshiklari har kuni soat 10:00 dan 22:00 gacha ochiq.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga