Huawei 1

Ijtimoiy tarmoqlarda "Metroda yana nosozlik" sarlavhasi bilan videolar tarqaldi. Unda yozilishicha soat 9 lar atrofida Toshkent metropolitenining Navoiy bekatida poyezd to'xtab qolgan. Holat yuzasidan rasmiy bayonot berildi. 

Ma'lum qilinishicha, bugun, 13-noyabr kuni soat taxminan 09:15 lar atrofida O'zbekiston yo‘nalishining Alisher Navoiy bekatidan harakatlanishni boshlagan 40-sonli harakat tarkibida texnik nosozlik holati kuzatilgan va buning natijasida ushbu harakat tarkibi tonnelning kirish qismida 15 daqiqa vaqt davomida to‘xtatilgan.

Yo‘lovchilarga noqulaylik hosil qilmaslik va yo‘nalishda belgilangan harakat jadvali buzilmasligini oldini olish maqsadida, ortidagi 39-sonli harakat tarkibi orqali tirkamaga olinib, harakat tarkibi tekshiruv yo‘lagiga olib borilgan.

Hozirgi vaqtda yo‘nalishdagi barcha poyezdlar belgilangan jadval asosida harakatlanmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 71612 | Инструменты