“Xafa boʻldim” deb OAVda chiqishdan avval, Toshkent shahar hokimligiga murojaat qilishi maqsadga muvofiq boʻlgan boʻlardi" - Toshkent shahar hokimligi Jurnalistlar ijodiy uyushmasi raisi e'tiroziga munosabat bildirdi
Avval xabar berganimizdek, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi raisi Olimjon Oʻsarov 5 yildan beri Prezident qarori ijrosi taʼminlanmayotganini aytib, hokimdan xafa ekanini bildirgan edi. Unga ko'ra, uyushma hali hamon ijarada faoliyat olib borayotgani keltirilgan edi.
Bunga Toshkent shahar hokmiligi munosabat bildirdi. Unda keltirilishicha, prezidentning 2017-yil 10-avgustdagi “Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida ham ijodkorlar uchun mavjud sharoitlarni yanada yaxshilash va imtiyozlar belgilangan.
Shuningek, Toshkent shahar hokimligi Prezidentning yuqoridagi karori ijrosini taʼminlash maqsadida oʻsha yilning oʻzidayoq tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirgani aytilgan.
Xususan, Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Islom Karimov koʻchasi, 16-A uy binosi


boshqa davlat idoralari bilan toʻlganligi sababli, Jurnalistlar ijodiy uyushmasiga Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari N. Maksumov tomonidan imzolangan xat (2018-yil 6-iyulda 03-780 sonli)ga asosan uchta bino taklif etilgani keltirib o'tilgan.
Shuningdek, Shayxontohur tumani, Furqat koʻchasi 1-uy manzilidagi bino
Furqat koʻchasi 1-uy
Mirzo Ulugʻbek tumani Mustaqillik shohkoʻchasi 71-uy manzilida joylashgan binoning 4-qavati
Mustaqillik shoh koʻchasi 71-uy va Yashnobod tumani 22-harbiy shaharchada joylashgan bino shular jumlasidandir.
Hokimlikning keltirishicha, ammo, Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi taklifga nisbatan hech qanday javob bermaganligi sababli oʻsha paytda bu masala ochiq qolgan.
Hozirgi kunda bu uchta taklif ham oʻz kuchini yoʻqotgan. Sababi shaharda katta obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Koʻplab binolar buzildi, koʻplarining oʻrniga yangilari bunyod etildi.
"Buni Jurnalistlar ijodiy uyushmasi raisi Olimjon Oʻsarov bilishi, yuqoridagi masala yuzasidan fikr bildirishdan avval masalani oʻrganishi lozim edi.
Toʻgʻri, Olimjon Oʻsarovning uyushmaga rahbar boʻlganiga endi toʻrt oy boʻldi. Bu vaqt mobaynida hamma narsaga ulgurish, hamma narsani bilish qiyin. Ammo “xafa boʻldim” deb OAVda chiqishdan avval, Toshkent shahar hokimligiga murojaat qilishi maqsadga muvofiq boʻlgan boʻlardi", - deya keltiriladi vazirlik xabarida.
Alpha version: 0.9.1.19 build 62918 | Инструменты