Huawei 1
Toshkent shahri Sergeli tumanida sodir bo‘lgan yong‘in o‘chirildi

Avval xabar berganimizdek, Sergeli tumani Nilufar ko‘chasida joylashgan omborxonada yong‘in sodir bo‘layotgani haqida shahar FVBga murojaat kelib tushgan edi.

Xabarga asosan, soat 11:05 da 12 ta ekipaj yong‘in joyiga yetib borgan va bartaraf etish ishlariga kirishgan. Yong‘in soat 12:15 da qurshab olindi va soat 13:31 da batamom o‘chirildi. Ushbu yong‘inni bartaraf etish ishlari Favqulodda vaziyatlar vaziri B. Qudratxo‘jayev va vazirning birinchi o‘rinbosari S. Zuparovlar boshchiligida amalga oshirildi.

Tan jarohati olganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmadi.

Yong‘inni keltirib chiqargan sabablar hamda yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 81605 | Инструменты