Huawei 2
Toshkent shahrida 11 yoshli qizga nisbatan uyatsiz harakatlar qilgan 54 yoshli erkak qamoqqa olindi

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida yashovchi erkak o‘zi yashaydigan "dom"ning kirish yo‘lagida qo‘shnisining 11 yoshli qiziga nisbatan uyatsiz, buzuq harakatlar qilgani aniqlandi. Bu haqdagi xabarni Bosh Prokuratura axborot xizmati raxbari Hayot Shamsutdinov "Uzreport.news" xabar bermoqda.

Maʼlum qilinishicha, 1969-yilda tug‘ilgan, U.A. “Oilaga, yoshlarga va axloqqa qarshi jinoyatlar” turkumiga kiruvchi — 16 yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz, buzuq harakatlar qilish jinoyatini sodir etganlikda gumon qilingan. 

Yaʼni, u o‘zi istiqomat qilib kelayotgan uyning kirish yo‘lagida 2012-yilda tug‘ilgan qizning qarovsiz yurganini ko‘rib, uning ikkala yelkasidan qo‘llari bilan ushlab, yuz va lablaridan o‘pib, orqa qismidan ushlab, unga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilgan.

Olib borilgan tergov jarayonida U.A. Jinoyat protsessual kodeksining 227-moddasi tartibida ushlanib, unga nisbatan 129-moddasi 2-qismi (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov olib borilmoqda.

U.A.ning dastlabki tergovdan yashirinishi mumkinligini inobatga olib, unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu modda bilan aybdor deb topilgan shaxs 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga