Joriy yilning 28-yanvar kuni soat 23:00 larda Mirobod tumani Shahrisabz ko‘chasida, haydovchi 1976-yilda tug‘ilgan M.I. Kinglong rusumli avtobusini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo'qotib, yo'lni ajratib turuvchi beton to'siqqa to'qnashishi oqibatida yo'l transport hodisasi sodir bo'lgan.
YTH natijasida tan jarohat olganlar yo’q.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB ma’sul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Ma'lumot o'rnida, O‘zbekistonda 2024-yilda 9364 ta YTH rasmiy ravishda ro‘yxatga olingan bo‘lib, ularda 8901 kishi jarohatlangan va 2203 kishi halok bo‘lgan.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin Toshkentda avtobus va ikkita yengil avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 13013 | Инструменты