Yaqin Sharq mamlakatlarining bir qismi ustidan havo hududining yopilishi munosabati bilan, shuningdek, O'zbekiston aviatsiya hukumatining parvozlar xavfsizligini ta'minlash zarurati bilan bog'liq qarorini hisobga olgan holda, Uzbekistan Airways faqat 2024-yil 15-aprel kuni HY301/302 Toshkent - Tel-Aviv - Toshkent yo'nalishidagi aviaqatnovlarini bekor qildi.
Faqat 2024-yil 15-aprel kuni amalga oshirilishi rejalashtirilgan HY301/302 aviaqatnovi aviachiptalarini qayta bron qilish yoki pul mablag‘larini jarima undirilmagan holda qaytarish uchun yo‘lovchilardan Uzbekistan Airways Sales filialiga yoki aviakompaniyaning xorijdagi vakolatxonalariga murojaat qilishlari so'ralmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60114 | Инструменты