Toshkent viloyatida 1000 ta muammoni bartaraf etish uchun trillion so'mlik qurilish ishlari boshlanmoqda

Prezident 2022-yil 25-oktyabrda “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi qarorni qabul qilgan. 

Unga ko'ra, Toshkent viloyatida aholi turmush darajasini yanada yaxshilash hamda ularga qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha aniqlangan 964 ta dolzarb muammolarni zudlik bilan bartaraf etishga 1 trln. 57,1 mlrd. soʻm mablagʻ yoʻnaltirilishi belgilandi.

Mazkur qarorning ijrosi yuzasidan Xalq deputatlari viloyat Kengashining 2022-yil 3-noyabrdagi VI-63-148-10-0-K/22-sonli qarori qabul qilindi. Ajratilgan mablagʻning sohalar va yoʻnalishlar kesimidagi tahlili quyidagicha:

— Ichki yoʻllar boʻyicha jami 329 ta obyektda qurish va taʼmirlash ishlari uchun 397,4 milliard soʻm;

— Ichimlik va oqava suv taʼminoti boʻyicha 389 ta obyektda qurish va taʼmirlash ishlari uchun 532,5 milliard soʻm;

— Elektr-energiya taʼminoti boʻyicha 88 ta obyektda qurish va taʼmirlash ishlari uchun 25,1 milliard soʻm;

— Gaz taʼminoti boʻyicha 2 ta obyektda qurish va taʼmirlash ishlari uchun 300 million soʻm;

— Umumtaʼlim maktablari boʻyicha 5 ta obyektda qurish va taʼmirlash ishlariga 2,4 milliard soʻm;

— Maktabgacha taʼlim tashkiloti boʻyicha 9 ta obyektda qurish va taʼmirlash ishlariga 7,2 milliard soʻm;

— Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha 12 ta obyektda qurish va taʼmirlash ishlariga 4,1 milliard soʻm;

— MFY idoralari boʻyicha 59 ta obyektda qurish va taʼmirlash ishlariga 29,6 milliard soʻm.

Shuningdek, boshqa toifadagi muammolar boʻyicha jami 71 ta obyektlar aniqlangan boʻlib, qurish va taʼmirlash ishlari uchun 58,6 milliard soʻm mablagʻ yoʻnaltirilmoqda.

Shu munosabat bilan bugun va ertaga joylarda aholi oʻrtasida targʻibot va tushuntirish olib borilayapti. Aniqrog'i, jaydarichasiga aytganda, bu xushxabarni tezroq yetkazish, elning maslahatini olish, bamaslahat ish qilish uchun masʼullar joylarda boʻlib turishibdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122522 | Инструменты