Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida tadbirkorlarning juda ko‘p miqdordagi pul mablag‘larini qo‘lga kiritgan shaxslar aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, departamentning Oqqo‘rg‘on tumani bo‘limi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda MCHJ ta’sischisi bo‘lgan shaxs va yana bir nechta fuqaro 2021-2023-yillar davomida xususiy korxona va boshqa bir MCHJ ga 2 ming 700 tonna chigit mahsulotlarini yetkazib bergan. Buning evaziga esa ularning 559 ming AQSH dollarini naqd holda hamda 1,5 milliard so‘mini pul ko‘chirish yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.
MCHJ ta’sischisi va uning ishchisi firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan mablag‘lariga “Trailblazir, “BYD Yuan Plus” va “Cobalt” rusumli yengil hamda “Sitrak” rusumli yuk avtotransport vositalarini sotib olgan.
"Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda", deyiladi xabarda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 101004 | Инструменты