Huawei 1
Toshkent viloyatida fuqarolar noqonuniy tarzda 11 ta sayroqi qushni ovlagani aniqlandi

Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Ohangaron tumani hamda shahar boʼlimlari tomonidan nazorat tadbiri oʼtkazildi.

Tadbir davomida  Ohangaron tumanidagi "Geolog" MFY hududida nomaʼlum fuqarolar tomonidan noqonuniy ravishda sayroqi qushlar ovlanayotgani aniqlandi. Holat o‘rganilganida huquqbuzarlikni fuqarolar M.M., M.M., F.A. sodir etilganligi aniqlandi. 

Huquqbuzarlarga nisbatan MJtKning 90-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi va har biriga BHMning 10 barobari — 3 million 400 ming so‘m miqdorida jarima qoʼllanildi.

Reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60219 | Инструменты