Toshkent viloyatida "Isuzu"da 1 mlrd so‘mlik "Samsung" telefonlarini chegaradan noqonuniy olib kirmoqchi bo'lganlar ushlandi
Bojxona to‘lovlarini chetlab o‘tish maqsadida tovar moddiy boyliklarini O'zbekistonga turli yashirin yo‘llar bilan olib kirishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli tarzda kurash olib borilmoqda.
Xususan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi viloyat DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida yirik miqdorda uyali telefonlarni noqonuniy tarzda respublikaga olib kirishga bo‘lgan urinish fosh etildi.
O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro N.Sh. boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli yuk avtomashinasi to‘xtatilib, xolislar ishtirokida avtomashina ko‘zdan kechirildi.
Natijada, avtomashina yukxonasining xufya joyida umumiy qiymati 1 mlrd 25 mln so‘mlik 976 dona 6 xil turdagi "Samsung" rusumli uyali aloqa vositalari borligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin Toshkent viloyatida qiymati 71 mln so‘mlik va og'irligi 2 kgdan ortiq zargarlik buyumlarini bojxonadan noqonuniy olib kirmoqchi bo'lgan shovvozlar ushlangani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60221 | Инструменты