Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari tomonidan 2025 yilning mart oyida Toshkent shahrida uy-joylar uchun taklif etilgan ijara narxlari tahlil qilindi.
2025 yilning yanvar-mart oylarida poytaxtda 1, 2 va 3 xonali turar joylarning o‘rtacha ijara narxlari o‘tgan yilning mos davridagiga nisbatan sezilarli darajada arzonlashgan bo‘lsa, 4 xonali uylarniki Shayxontohur tumanidagi to‘liq ta’mirlangan "lyuks" toifadagi uylar ijarasi hisobiga biroz qimmatlashgan.
O‘rtacha ta’mirlangan uy-joylar ijarasi.
2025 yilning mart oyida o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun o‘rtacha ijara narxlari 2024-yilning mos davridagiga nisbatan sezilarli darajada arzonlashdi:
- 1 xonali: $296 (o‘tgan yilning mart oyidagiga ($356) nisbatan -16.6%);
- 2 xonali: $379 (o‘tgan yilning mart oyidagiga ($396) nisbatan -4.6%);
- 3 xonali: $454 (o‘tgan yilning mart oyidagiga ($467) nisbatan -2.9%)
- 4 xonali: $521 (o‘tgan yilning mart oyidagiga ($538) nisbatan -4.7%).
O‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun taklif etilgan nisbatan arzon ijara narxlari:
- Sergeli tumani (1 xonali - $297, 2 xonali – $373, 3 xonali – $432, 4 xonali - $443);
- Olmazor tumani (1 xonali – $287, 2 xonali – $347, 3 xonali – $408, 4 xonali – $474).
nisbatan qimmat ijara narxlari:
- Shayxontohur tumani (1 xonali – $345, 2 xonali – $462, 3 xonali – $582, 4 xonali – $617);
- Yakkasaroy tumani (1 xonali – $381, 2 xonali – $528, 3 xonali – $616, 4 xonali – $700).
To‘liq ta’mirlangan uy-joylar ijarasi.
Joriy yilning mart oyida to‘liq ta’mirlangan 1, 2 va 3 xonali turar joylar uchun ijara narxlari ham o‘tgan yilning mart oyidagiga nisbatan arzonlashdi:
- 1 xonali: $411 (o‘tgan yilning mart oyidagiga ($472) nisbatan -13,1%);
- 2 xonali: $547 (o‘tgan yilning mart oyidagiga ($644) nisbatan -15,0%);
- 3 xonali: $728 (o‘tgan yilning mart oyidagiga ($788) nisbatan -8.5%);
Mazkur davrda 4 xonali uylarning ijara narxi $957 ni (o‘tgan yilning mart oyida - $909) tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davridagiga nisbatan 3,1 foiz qimmatlashdi.
To‘liq ta’mirlangan uy-joylar uchun taklif etilgan nisbatan arzon ijara narxlari:
- Sergeli tumani (1 xonali – $327, 2 xonali – $417, 3 xonali – $513, 4 xonali – $641);
- Uchtepa tumani (1 xonali – $386, 2 xonali – $450, 3 xonali – $534, 4 xonali – $625).
nisbatan qimmat ijara narxlari:
- Mirobod tumani (1 xonali – $484, 2 xonali – $731, 3 xonali – $1027, 4 xonali – $1328);
- Shayxontohur tumani (1 xonali – $521, 2 xonali – $732, 3 xonali – $1093, 4 xonali – $1381).
Ijara narxlari olx.uz platformasidan veb-skreping (web scraping) orqali olingan ochiq ma’lumotlar asosida tahlil qilindi. Bunda 2025-yilning fevral oyi uchun 37,5 mingta va mart oyi uchun 39,4 mingta, 2024-yilning mart oyi uchun 52,2 mingta ma’lumotdan foydalanildi. Har uchta davr uchun tahlillar narxlar chegarasining yuqori va pastki 5 foizlik kvantillari chiqarib tashlanganidan keyin amalga oshirildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 41904 | Инструменты