Toshkentda 24 yoshli yigitning o'ldirib ketilganligi holati bo'yicha jinoyat ishi qo'zg'atildi

Toshkent shahrining Olmazor tumanida 24 yoshli yigit o'ldirib ketildi. Bu haqda UzRreport.news'ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi. 

Ma'lumotlarga ko'ra, bu bo'yicha, joriy yilning 19-iyun kuni soat 23:17 larda Olmazor tumani IIO FMB Navbatchilik qismiga xabar kelib tushgan. Unga ko'ra, Toshkent viloyati Toshkent tumani Ko‘k-terak qishlog‘i Xamsa ko‘chasi 66-uyda yashovchi 1999-yilda tug‘ilgan S.Q. chap va o‘ng son qismidan o‘tkir tig‘li jismdan tan jarohati bilan o‘lik holatda shifoxonaga olib kelingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Jinoyatni fosh etish choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122511 | Инструменты