Huawei 1
Toshkentda 3 yashar bolani qasddan o‘ldirgan erkak qamoqqa olinib, sud-psixiatriya ekpertizasi o‘tkazish belgilandi

Toshkentda 3 yashar bolani qasddan o‘ldirganlikda gumonlanayotgan erkak qamoqqa olindi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Abidov xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudi tomonidan Yashnobod tumani prokurorining Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi “v”, “j” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinuvchi erkak S.M.ga  nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash hamda sud-psixiatriya ekpertizasi o‘tkazish to‘g‘risidagi iltimosnomalari taqdim etilgan hujjatlar bilan ko‘rib chiqildi.

Sudning 10-iyuldagi ajrimlari bilan iltimosnomalar qanoatlantirilib, gumon qilinuvchi S.M.ga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilib, sud-psixiatriya ekpertizasi o‘tkazish belgilandi.

1993-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan S.M. oilali bo‘lib, muqaddam sudlangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102301 | Инструменты