Toshkentda fuqarolarni AQSH va Yaponiyaga noqonuniy yubormoqchi bo‘lganlar ushlandi

Toshkent shahrida Davlat xavfsizlik xizmati va poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda AQSH hamda Yaponiyaga fuqarolarni noqonuniy yubormoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayds etilishicha, poytaxtning Yunusobod tumanida fuqaro J. A. AQSHda yashovchi qarindoshi B.R. bilan o‘zaro til biriktirib, fuqarolar Z. S. va D. S.ni tanishlari yordamida Meksika va Yevropa davlatlari orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga borishi uchun viza olib berishi evaziga 22 ming 500 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Bektemir tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa fuqaro S. N. fuqarolar – M. A. va X. T.ning ishonchiga kirib, ularni tanishlari yordamida Yaponiyaga ishga yuborishi evaziga 2000 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22501 | Инструменты