Huawei 2
Toshkentda harbiylarning namoyishkorona piyoda yurishlari tashkil etiladi

Toshkent shahrining markaziy ko‘chalarida Mudofaa vazirligi qo‘shinlari harbiy bo‘linmalarining namoyishkorona piyoda yurishlari o‘tkaziladi. Bu haqda Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan 8-may kuni Toshkent shahrining asosiy ko‘chalarida Mudofaa vazirligi qo‘shinlari harbiy bo‘linmalarining namoyishkorona piyoda yurishlari tashkil etiladi.

“G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi (Sag‘bon va Zarqaynar ko‘chalari orqali) – O‘zbekiston davlat tabiat muzeyi – “Chorsu” bozori – Toshkent sirki (Zarqaynar ko‘chasi) – “Xalqlar do‘stligi” sanʼat saroyi (O‘zbekiston shohko‘chasi va Furqat ko‘chasi) – Magic City maydoni (Furqat ko‘chasi) yo‘nalishi bo‘ylab harakatlangan harbiy bo‘linmalarning Magic City maydonidagi to‘xtash nuqtasida faxriy qorovul jamoasi va qo‘l jangi ustalarining ko‘rgazmali chiqishlari, bo‘linmalarning jangovar chaqirig‘i, harbiy orkestrning difele namoyishlari ijro etiladi.

Harbiy bo‘linmalarning tantanali ravishdagi piyoda yurishlari 8-may kuni soat 14:00 da “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasidan boshlanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga