Huawei 2
Toshkentda haydovchi piyodaga yo‘l bermay, svetoforning qizil chirog‘ida harakatlandi

Ijtimoiy tarmoqda avtomashina haydovchisi piyodalar o‘tish joyida piyodani o‘tkazib yubormasdan, svetoforning taqiqlovchi qizil chirog‘ida harakatlanganligi aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Video Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan o‘rganilgan. 

Ushbu avtomashina haydovchisi 2003-yilda tug‘ilgan M.T.ga nisbatan qoidabuzarligi yuzasidan MJTKning 128⁴-moddasiga (transport vositalari haydovchilarining svetoforning taqiqlovchi signaliga yoki yo‘l harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga bo‘ysunmasdan to‘xtash chizig‘ini bosib kirishi va o‘tishi) muvofiq maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan hamda haydovchi bilan profilaktik suhbat olib borilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga