Toshkentda soxta “PUBG” akkaunt sotish bilan fuqarolarni aldab kelgan shaxs qo‘lga olindi

Toshkent shahri, Yunusobod tumanida yashovchi 24 yoshli A.J. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 1.600.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Qashqadaryo viloyati, Mirishkor tumanida yashovchi 16 yoshli X.K. sodir etganligi aniqlangan.

Unga ko‘ra, X.K.“Telegram” messenjeri orqali “pabji PUBG” nomli o‘yin akkauntini 133 AQSh dollari evaziga sotish to‘g‘risida e’lon qoldirib, ushbu e’longa ishongan A.J.ga 1.600.000 so‘m evaziga sotishni va’da qilib, o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank kartasiga oldindan mazkur pullarni o‘tkazdirib olgan va yozishmalarni o‘chirib yuborib, pullarini o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, X.T.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122417 | Инструменты