Huawei 1
Toshkentda "Telegram" orqali soxta “PUBG” akkaunt sotish bilan fuqarolarni aldab kelgan shaxs qo‘lga olindi

Toshkent shahar Yashnobod tumanida yashovchi 24 yoshli R.R. murojaat qilib, o‘z arizasida “Telegram” messenjerida “noma’lum shaxs” tomonidan 1 mln 485 ming so‘m miqdoridagi pullari firibgarlik yo‘li bilan o‘tkazib olinganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumanida yashovchi 33 yoshli M.I. sodir etganligi aniqlandi.

Unga ko‘ra, M.I., R.R. bilan “Telegram” messenjerida tanishib, unga “PUBG” onlayn o‘yinining kuchaytirilgan akkauntini sotishini aytgan va oldindan plastik kartasiga 1 mln 485 ming so'm pullarni o‘tkazdirib olib, kelishilgan akkauntni bermasdan, yozishmalarni o‘chirib yuborib, uni qora ro‘yxatga kirgazib qo‘yganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan M.I.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qonunga muvofiq, M.I. tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar  uchun 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga