Huawei 1
Toshkentda yer usti piyodalar o‘tish joylari qurish uchun budjetdan 53,6 mlrd so‘m ajratildi

Toshkent shahar mahalliy budjetining 2024-yildagi qo‘shimcha manbalarini xarajatlarga yo‘naltirish to‘g‘risida Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining tegishli qarori qabul qilindi.

Toshkent shahrida Toshkent shahar hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” IK buyurtmachiligi asosida 25 ta yer usti piyodalar o‘tish joylarini qurish belgilangan bo‘lib, qolgan 20 ta yer usti piyodalar o‘tish joylarini qurish uchun dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 107 258,3 mln so‘m talab etiladi.

Hozirda ishlarni boshlash uchun 53,629 mlrd so‘m, Toshkent shahar SSTISM Sebzor suv havzasida basseyn suvi hamda yuvinish xonalarini issiq suv bilan uzluksiz taʼminlash uchun ushbu bazada muqobil qozonxona qurilishi uchun 600 mln so‘m miqdorida mablag‘ ajratiladi.

Qayd etilishicha, mazkur mablag‘lar Toshkent shahar mahalliy budjetining 2024-yil davomida shakllangan qo‘shimcha manbalari hisobidan ajratilmoqda.

Qarorda Toshkent shahar Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi mahalliy budjet hamda iqtisodiy va moliyaviy statistika maʼlumotlarining ochiqligi va shaffofligini taʼminlanishi belgilangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 103013 | Инструменты