Huawei 1
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida odamlar liftda qulflanib qoldi

2 aprel kuni Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan ko‘p qavatli uylarning birida ichida odamlar bo‘lgan lift qulflanib qoldi. Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, soat 03:40 da Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Niyozbek yo‘li 6-tor ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylarning biridagi lift qulflanib qolgani, uni ichida fuqarolar qolib ketgani to‘g‘risida boshqarmaga xabar kelib tushgan.

Xabarga ko‘ra, zudlik bilan aytilgan manzilga tuman FVB qutqaruvchilari yetib borgan va maxsus asbob-anjomlar yordamida liftni ochib, fuqarolar sog‘-salomat qutqarilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 41011 | Инструменты