Huawei 1
Toshkentning har bir tumanida buta ko‘chatlarini ko‘paytirish uchun ko‘chatxonalar tashkil etiladi

Toshkent shahrining har bir tumanida qalamcha va urug‘lardan gullaydigan buta ko‘chatlarini ko‘paytirish uchun maxsus ko‘chatxonalar tashkil etiladi. Bu Toshkent shahar hokimining 17-iyuldagi farmoyishida ko‘zda tutilgan.

Hujjatga muvofiq, Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosariga hamda tuman hokimliklariga bir oy muddatda har bir tumanda tuman Obodonlashtirish boshqarmalariga qarashli hududlarda buta ko‘chatlarini urug‘ va qalamchalardan yetishtirish uchun 100 kv metrdan kam bo‘lmagan ko‘chatxonalar tashkil etish vazifasi yuklandi. Ko‘chatxonalarda ko‘chat yetishtirish uchun barcha sharoitlar yaratiladi, xususan, stellajlar o‘rnatilib, kerakli bo‘lgan mineral va organik ozuqalar bilan taʼminlanadi.

Toshkent shahar hokimligining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish, masalalari bo‘yicha majmuasi hamda Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi tomonidan ishlab chiqilgan Buta ko‘chatlarini urug‘ va qalamchalardan ko‘paytirish bo‘yicha taqsimot reja dasturi tasdiqlanadi va ushbu tashkil etiladigan ko‘chatxonalarda qalamchalardan dasturda ko‘rsatilgan miqdorda ko‘chat yetishtirish ishlarini tizimli va uyushqoqlik bilan tashkillashtiriladi.

Hujjatga ilova qilingan taqsimot reja dasturiga ko‘ra, Toshkent shahri bo‘yicha jami 574 450 dona buta ko‘chatlari yetishtiriladi. Ekilgan buta ko‘chatlarining qalamchalarini parvarishlash, qo‘riqlash va agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirilishi, ekilgan daraxt hamda butalarni organik va mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirilishi, daraxt hamda butalarni kasallanishi va zararkunandalarga qarshi kurashish choralar ko‘riladi.

Tuman hokimliklariga dasturda ko‘rsatilgan buta ko‘chatlarini urug‘ va qalamchalardan ko‘paytirish xarajatlarini moliyalashtirish yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashlariga takliflar kiritish topshirildi.

Bundan tashqari, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi, Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi, tuman obodonlashtirish boshqarmalariga dasturda ko‘rsatilgan buta ko‘chatlarini urug‘dan va qalamchalardan ko‘paytirish bo‘yicha o‘quv seminarlarni tashkil etish, ko‘chatxonalarda qalamchalardan ko‘chat yetishtirish ishlarini tashkil etish bo‘yicha bir oy muddatda yo‘riqnomalar ishlab chiqish, mavjud o‘sayotgan buta ko‘chatlaridan qalamcha usulida ko‘paytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalarni berish vazifalari yuklatildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72509 | Инструменты