Huawei 1
Turkiyadan 3 oyda O‘zbekistonga 34,2 ming nafar turist kelgan

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-mart oylarida jami 34,2 ming nafar Turkiya fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 12,7 ming nafarga yoki 58,8 % ga oshgan.

Joriy yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga tashrif buyurgan Turkiya fuqarolari safar maqsadlari bo‘yicha quyidagicha:

  • xizmat yuzasidan – 14 322 nafar
  • sayyohlik – 10 189 nafar
  • qarindoshlarni yo‘qlash – 9 471 nafar
  • tijorat – 114 nafar
  • o‘qish – 90 nafar
  • davolanish – 17 nafar
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60801 | Инструменты