Huawei 2
Turkmaniston O‘zbekistonni Tojikistonning issiqxona pomidori bozoridan siqib chiqarmoqda — EastFruit

Tojikiston ulgurji bozorlarida Turkmanistondan import qilinadigan issiqxona pomidorining mutlaq ustunligi sezilyapti. Bu haqda EastFruit  tahlilchilari maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, tashqi ko‘rinishi va zamonaviy qadoqlangani, bundan tashqari narx borasida ham qo‘shni davlat pomidorlar raqobatbardosh bo‘lib bormoqda.

"Ushbu omillar sababli turkman pomidori O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan issiqxona mahsulotlarini Tojikiston bozoridan butunlay siqib chiqardi", – deb yozmoqda EastFruit portali.

Shu bilan birga, hozirda isteʼmol qilinadigan issiqxona pomidorining asosiy qismini import qiluvchi Tojikistonda ushbu mahsulotning narxi asosiy eksportchisi bo‘lib kelgan O‘zbekistonnikidan ancha past.

O‘z navbatida, Markaziy Osiyo mamlakatlarida issiqxona pomidorlari narxi Sharqiy Yevropa mamlakatlaridagi narxlar bilan deyarli bir xil yoki qimmatroq. Xususan, mahsulotining asosiy qismini Turkiyadan import qiluvchi Moldovada pomidorning ulgurji narxi hozir O‘zbekistonnikidan past, Tojikistondagi narxlarga yaqin. Shuningdek, Polshadagi narxlar va O‘zbekistonda issiqxona pomidorlari narxi deyarli teng.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga