Huawei 1
Tursinxon Xudoyberganov mahalla vaziri vazifasini bajaruvchi lavozimiga ma’qullandi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib Tursinxon Xudoyberganov nomzodi maqullandi. 

Tursinxon Xudoyberganov ushbu lavozimga qadar Favqulodda vaziyatlar vaziri sifatida ishlab kelayotgan edi. Shuningdek, Prezident maslahatchisi ham hisoblanadi.

Tursinxon Xudoyberganov 1951 yilning 20 may sanasida Toshkentda tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy, 1974 yilda Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika institutini, 1982 yilda Toshkent militsiya maktabini tamomlagan. 2018 yildan buyon Favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasini bajaruvchi, 2020 yildan Oliy Majlis Senati a’zosi hisoblanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31400 | Инструменты