Huawei 1
Urgut tog'ida adashib qolganlar topildi

Joriy yilning 21-aprel kuni soat 19:00da Urgut tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga 2 nafar fuqaro Urgut tumanidagi tog‘larda dam olish maqsadida chiqib, yo‘ldan adashib qolganligini ma'lum qilib, pastga tushub olishda yordam so‘rab murojaat qilgan.

Xabarga asosan, zudlik bilan qidiruv-qutqaruv ishlariga Urgut tuman yong‘in-qutqaruv qismining bir guruh qutqaruvchilari jalb qilingan. Qutqaruvchilar tomonidan olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida 22-aprel kuni soat 02:45 da fuqarolar “Allayaron” tog‘ining dengiz sathidan 1800 metr balandlikdan topilgan.

Ushbu fuqarolarning xavfsizligi ta'minlangan holda tog‘dan pastga olib tushilgan. Fuqarolarning sog‘liqlar yaxshi, ularga hech qanday tan jarohatlari yetmagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga