Huawei 1
Uy-joyni taʼmirlash uchun ipoteka kreditlari rasmiylashtirish boshlandi

Joriy yilning 21-oktyabrida Vazirlar Mahkamasining “Mahalla yettiligi” tavsiyasi asosida kambag‘allikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan shaxslarga ipoteka kreditini ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilingan edi.

Ushbu hujjatga asosan, bugundan boshlab uy-joyni taʼmirlash uchun ipoteka kreditlari rasmiylashtirish boshlanadi. “Mahalla yettiligi” tavsiyasi asosida yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash maqsadlari uchun Markaziy bankning asosiy stavkasidan to‘rt foiz bandga yuqori stavkada (17,5 foiz) 120 million so‘mgacha miqdorda 20 yilgacha muddatda ipoteka kreditlari ajratilishi belgilangan.  

Ushbu ipoteka kreditini olish mumkin bo‘lgan shaxslar bugundan boshlab online-mahalla.uz platformasi orqali ariza yuborishlari mumkin.  

Mazkur ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun kreditning 15 foizi miqdorida hamda foiz to‘lovlarining maʼlum bir qismini qoplash uchun kredit muddatining birinchi besh yili davomida 12 foizdan oshgan qismiga subsidiya to‘lab beriladi.  

Joriy yilgi dastur doirasida ajratiladigan kreditlar bo‘yicha foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar – 12 foizdan oshgan qismiga, 2025-yil va undan keyingi yillar dasturlari doirasidagi kreditlar bo‘yicha esa – Markaziy bankning asosiy stavkasidan oshgan qismiga to‘lanadi.  

Birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralarni sotib olish uchun ajratilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar – 2024-yilgi dasturdan boshlab qatʼiy belgilangan 30 million so‘m miqdorida to‘lanadi.  

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 120214 | Инструменты