Huawei 2
UZREPORT TV ning yangi loyihasi "UZREPORT WORLD" ishga tushirildi

UZREPORT TV 24-yanvardan boshlab ingliz tilidagi ko'rsatuvlar va yangiliklar dasturlari qayta tiklanganini ma'lum qiladi.

E'tiborga molik yangiliklarda yana biri, Amazon media-platformasida striming rejimida uzatiladigan "UZREPORT WORLD"ning test rejimida ishga tushishi hisoblanadi.

"UZREPORT WORLD" - bu UZREPORT telekanalining xorijiy tomoshabinlar uchun mo'ljallangan ingliz tilidagi versiyasi.

"UZREPORT WORLD"da O'zbekistonning noyob tarixi, buyuk allomalari va ulug' shaxslari, diqqatga sazovor tarixiy obidalari, milliy taomlari va madaniy an'analari haqida hujjatli filmlar va televizion dasturlar namoyish etiladi.

Har kungi yangiliklardan tashqari, bir qator eksklyuziv dasturlar, jumladan, davlat organlari va hukumat vakillari, yetakchi xalqaro va nodavlat tashkilotlar a'zolari, shuningdek, milliy ekspertlar bilan suhbatlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

"UZREPORT WORLD" dasturlarini quyidagi havola orqali onlayn tomosha qilishingiz mumkin: https://uzreport.news/live 

Izohlar: 9
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish
  • Ural
    2
    Ural 3 yil avval

    Nega raqamli kanallarda tomosha qilmayapsiz faqat online kurish mumkinmi bu kanalni

  • 0
    4 yil avval

    SHU KANAL YAXHI ISHLAYDI

  • Inter POOL
    6
    Inter POOL 4 yil avval

    Nega televizorlarda tyunerlarda yo'q?

  • Javohir
    0
    Javohir 4 yil avval

    Nega tv da chiqmayapti?Iltimos qoyila tvda ham

  • Abbosbek
    0
    Abbosbek 4 yil avval

    Hurmatli hodimlar. Ishga tushgan bo'lsa qachon efirga chiqada boshqa viloyatlarga

  • Aziz
    0
    Aziz 4 yil avval

    Было бы отлично если на этом канале транслировали футбол Английской премьер лиги с английскими комментаторами.

  • Jaxongir
    48
    Jaxongir 4 yil avval

    Televizorga tushmadiyu Poisk berib ko'rganimda

    • abbosbek67@mail.ru
      0
      Abbosbek67 4 yil avval

      Surxondaryoda qachon ko'ramiz

  • Ruslan
    31
    Ruslan 4 yil avval

    Kanalga omad tilayman.Qoraqalpog'istondayam tushadimi


Tepaga