Rossiya Prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Navro‘z bayrami munosabati bilan tabrik yo‘lladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
“Hurmatli Shavkat Miromonovich! Bahor ayyomi Navro‘z munosabati bilan eng samimiy tabriklarimni qabul qilgaysiz”, deyiladi tabrikda.
Shuningdek, tabrikda Rossiya-O‘zbekiston munosabatlari strategik sheriklik va ittifoqchilik ruhida muvaffaqiyatli rivojlanayotgani qayd etilgan.
“Birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz bilan o‘zaro manfaatli ikki tomonlama aloqalarni bundan buyon ham do‘st xalqlarimiz farovonligi, Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash yo‘lida faol rivojlantiramiz, deb ishonaman. Ushbu qutlug‘ ayyomda Sizga, muhtaram Shavkat Miromonovich, chin qalbimdan mustahkam sog‘lik va muvaffaqiyatlar, O‘zbekistonning barcha fuqarolariga esa baxt-saodat va farovonlik tilayman”, deydi Putin.
Alpha version: 0.9.1.19 build 32806 | Инструменты