Xalqaro press klub raisi Sherzod Qudratxo'jayev o'z familiyasidagi "–yev" qo'shimchasidan voz kechdi
O'zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, Xalqaro press klub raisi Sherzod Qudratxo'jayev o'z familiyasidagi –yev qo'shimchasidan voz kechdi.
U «O'zbekiston 24» radiokanali efirida bu haqida izoh berar ekan, endi o'zligini topganini va bundan buyon uning sharifi Qudratxo'ja deb yuritilishi ma'lum qildi.
– Men hozirgina Davlat xizmatlari agentligida o'z huquqimdan foydalanib shuni rasmiylashtirdim, – dedi Qudratxo'ja Sherzodxon Tojiddinxon o'g'li. – Biz o'zligimizni anglamas ekanmiz, milliy g'ururni his qilmas ekanmiz, hech qachon rivojlanmaymiz.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51002 | Инструменты