Huawei 1
Xitoy fuqarosi Makedonskiy davriga oid tangani O‘zbekistondan yashirincha olib ketmoqchi bo‘ldi

Joriy yilning 12-iyul kuni soat 01:05 larda “Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti” chegara-bojxona posti xodimlari tomonidan “Toshkent-Urumchi” yo‘nalishi bo‘yicha uchib ketayotgan Xitoy Xalq Respublikasi fuqarosi S.J.ga tegishli yo‘l sumkalari bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Bu haqda “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi axborot xizmati xabar berdi.

Tekshiruv davomida bojxona nazoratiga taqdim etilmagan, jami 1 dona eramizdan avvalgi taxminan III asrda ishlab chiqarilgan Makedonskiy rasmi tushirilgan oq rangli metalldan yasalgan qadimiy tanga borligi aniqlandi.

Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 103013 | Инструменты