Huawei 1
Xitoyliklar endi o'zining shaxsiy GPS’sidan foydalanadi

Xitoyliklar davlatda shaxsiy GPS tizimini yaratishga yordam beruvchi eng so'nggi sun'iy yo'ldoshni ishga tushirdi. Ushbu yangi tizim Beidou deb ataladi.

Beidou deyarli 20 yildan beri ishlaydi va Xitoyning kosmik, texnologik ambitsiyasi uchun muhim qadamlardan biri sanaladi. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, Beidou’ning xitoyliklar tomonidan qo'llanilishi ularga erkinlik keltirishi va shu bilan birga butun dunyoga Xitoy texnologiyalarning ta'sirini rivojlantirishi kerak.  Tizimning to'liq ishga tushishini ta'minlovchi so'nggi sun'iy yo'ldosh Pekinda ishga tushirildi.

Bu dastlabki texnik muammolardan keyin navigatsion tarmoqni ishga tushirishga bo'lgan ikkinchi urinish hisoblanadi.

Ma'lumot uchun

Beidou 90-yillarning oxirlarida rasman shakllana boshlagan va dastlabki versiyasi Xitoy xizmat turlarini sun'iy yo'ldosh bilan ta'minlash maqsadida 2000-yilda qo'llanilgan. Shunga qaramay xitoyliklar Beidou’ning ikkinchi avlodini ishga tushirishga qaror qilishgan va u 2012-yilda yaratilgan. Ushbu tarmoq Osiyo-Tinch okeani miqtaqasi uchun mo'ljallangan xizmat turlarini o'z ichiga olgan.

Yuqorida keltirilgan GPS’ning uchinchi avlodi GPS va GLONASS (Rossiyaning sun'iy yo'ldosh tizimi)dan mustaqil global tarmoqni ta'minlashi kerak. Xitoyliklar hozircha Beidou’dan qachon foydalanish mumkiligini aniq ma'lum qilishmagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60301 | Инструменты