Avvalroq, Xorazmdagi maktabda o'qituvchi o'quvchini kaltaklangani haqida xabar bergan edik.
Aniqlanishicha, videoda keltirilgan holat kecha, 30-oktabr kuni sodir bo‘lgan. Tarix fani o‘qituvchisi Q.H. 9-sinf o‘quvchisi M.Bni qayta-qayta ogohlantirishiga qaramasdan dars mashg‘ulotiga tayyorgarliksiz kelganligi uchun uni kaltaklagan.
Holat yana bir o‘quvchi tomonidan tasvirga olinib ijtimoiy tarmoqqa joylangan.
Bugungi kunda ushbu xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi uning xohishiga ko'ra bekor qilingan.
Shuningdek, Bog‘ot tumani ichki ishlar bo‘limi tomonidan holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 32808 | Инструменты