Huawei 1
“Xotin-qizlarga huquqiy ko‘mak” aksiyasi nima?

AOKAda Adliya vazirligi Axborot xizmati rahbari Hayot Qilichev ishtirokida o‘tkazilgan brifingda “Xotin-qizlarga huquqiy ko‘mak” aksiyasi haqida batafsil maʼlumot berildi.

Aksiyaning asosiy maqsadi – xotin-qizlar huquqlariga oid qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish hamda xotin-qizlarning huquqiy muammolarini aniqlash va ularni hal etish, xotin-qizlar huquqlarining kafolatlarini taʼminlashga ko‘maklashishdan iboratdir.

Xususan, huquqiy aksiya doirasida adliya organlari tomonidan 1 418 ta ommaviy va sayyor qabullar tashkil etilishi taʼminlandi.

Mazkur qabullarning 800 ga yaqini mahallalarda, 400 dan ortig‘i tegishli tashkilot va muassasalar binolarida hamda boshqa joylarda tashkil qilindi.

Qabullar davomida 39 mingdan ortiq fuqarolar ishtiroki taʼminlangan bo‘lib, ularning 25 ming nafardan ortig‘iga o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berilgan bo‘lsa, 13 ming nafardan ortiq xotin-qizlarning muammolari ijobiy hal etilishi taʼminlangan.

Shu bilan bir qatorda, aksiya davomida joylarda “Bo‘sh ish o‘rinlari” mehnat yarmarkalari ham tashkil etilib, 532 nafar xotin-qizlarning bandligi taʼminlandi, mingdan ortiq xotin-qizlar bepul kasbga tayyorlov kurslarida o‘qitish uchun jalb etilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 41010 | Инструменты