Huawei 1
"Yangi yo'l tumani gʻalladan boʻshagan yerlarni yoqib yuborish boʻyicha “chempion” boʻldi" - Zoyir Mirzayev

17-avgust kuni Xalq deputatlari Yangiyoʻl tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Zoyir Mirzayev oʻz soʻzida tumanni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishga doir dolzarb masalalarga toʻxtaldi. 

Xususan:

- investitsiya koʻrsatkichlari 96 mln AQSH dollarini tashkil etdi. Tumanda 6 ta yirik, 44 ta oʻrta korxona, mingdan ortiq kichik korxonalar bor.  Ularda 9540 ta ish oʻrni yaratilgan;

- hududda ichimlik suvi taʼminoti qamrovi 19 foizdan 83 foizga yetdi. Bu orqali 44 ming nafar aholi ilk marta toza ichimlik suvi bilan taʼminlandi;

- 2023 yili sanoat mahsulotlari  ishlab chiqarish hajmi 8 foizga kamaydi;

- tumanda 7 ming 900 ishsiz aholi bor, xususan, 12 ming aholi xorijda migrant boʻlib turibdi;

- 51 ta mahallada sartarosh, 53  ta mahallada goʻzallik saloni yetishmaydi;

- imtiyozli kreditlar evaziga 315 ta kichik biznes ochilgan. Biroq ajratilgan jami mablagʻning 65 foizi oʻzlashtirilgan xolos. Tuman hokimining birinchi oʻrinbosari lavozimiga loyiq emas, deb hisoblayman va vazifasidan ozod qilishni tavsiya qilaman;

- “Ibrat”, “Sohibkor”, “Yangiyoʻl” mahallalarida vaziyat ogʻir. Mahallada qator muammolar yetilib qolgan;

- toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya jalb etish boʻyicha juda katta kamchilik bor. Tumanda 3 ta sanoat hududi bor. Ularda 4,2 trillionlik 27 loyiha amalga oshirilishi belgilangan;

- sanoat hududidagi 11 ta loyiha kechikishi oqibatida 1200 ta ish oʻrni yaratilmay qolgan;

- Yangiyoʻl tumani hokimligida oʻrinbosarlarni paypoqdek almashtirish urfga kirgan. Ikki yilda 7 ta qurilish boʻyicha oʻrinbosar almashdi. Biroq qurilish sohasi shu bilan tartibga tushmadi. Bu juda ogʻriqli holat;

- maktabgacha taʼlimga bolalarni qamrovi boʻyicha tuman viloyatda oxirgi oʻrinda;

-  qishloq xoʻjaligi sohasida tumanda qator muammolar yetilib qolgan. Bu ayniqsa, gʻalla oʻrimi mavsumida yaqqol sezildi. Yangiyoʻl tumanidagi gʻallani yigʻishtirib olishga viloyat tashkilotlari yordam bermaganda hosil nobud boʻlar edi. Ustiga ustak, gʻalladan boʻshagan yerlarni yoqib yuborish boʻyicha “chempion” boʻldi (171 gektar). Hosildorlik ham rejadagidan past;

- tumanda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan bittayam korxona yoʻq.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60219 | Инструменты