Huawei
Yangihayotda “zajigalka” yordamida avtomobil oynasini qizdirib sindirib, o‘g‘rilik sodir etgan shaxs ushlandi

Toshkent shahar Yangihayot tumanida “zajigalka” yordamida avtomobil oynasini qizdirib sindirgan va undan 1mln. so‘mlik antiradarni o‘g‘irlagan shaxs ushlandi.

Ma'lum qilinishicha, Yangihayot tumani IIO FMBdan kelib tushgan xabarga ko‘ra, 18 may kuni taxminan soat 19.30 da 45 yoshli Ravshan T. 40 yoshli Akbarjon I.ga tegishli bo‘lgan “Lasetti” avtomobili qarovsiz qoldirilganidan foydalanib, “zajigalka” yordamida avtomobil oynasini qizdirib sindirgan va salondan 1 mln so‘mlik antiradarni o‘g‘irlab ketgan. 

Mazkur fakt asosida Jinoyat kodeksining 169 moddasi 3 qismi (“O‘g‘rilik”) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Ichki ishlar organlari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida gumonlanuvchi qo‘lga olindi. Holat yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.

Комментарии: 0
Вы не авторизованы
Добавить комментарии без регистрации

Вверх